So’nggi yangiliklar

21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  0 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  6 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  22 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   16 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  53 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  54 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0

Rasman: UZREPORT TV K-Liga bahslarini translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Rasman: UZREPORT TV K-Liga bahslarini translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritdi

Teglar :  K-ligaUZREPORT TV
Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda.

Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg'ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.
Jonli futbolni sog'inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, UZREPORT Janubiy Koreya milliy chempionati — Key Ligasi o'yinlari translyaciyasi huquqini sotib oldi. Mazkur chempionatning o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir etiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o'zbek futbolchilari legioner sifatida to'p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov "Seongnam"da, Rustam Ashurmatov "Kvanju"da, Doston Tursunov "Pusan Ay Park"da, Ikrom Aliboev esa "Seul" klubida to'p surmoqda.
FUTBOL TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p surayotgan "Seul" hamda "Kanvon" klublari ishtirokidagi o'yin bilan boshlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.
Translyaciya doirasida Key Liga g'olibligi uchun asosiy davogar jamoalar uchrashuvlari namoyishi rejalashtirilgan.
Bu o'yinlar orqali nafaqat o'zbekistonlik legionerlar faoliyati, balki Osiyo maydonlaridagi asosiy raqibimiz bo'lgan Janubiy Koreya futboli bilan ham tanishib borish imkoniyatimiz bor.
Malumot uchun, Koreya Key ligasida 12ta jamoa qatanashadi.Musobaqa 8 maydan 8 noyabrgacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика