Rasman: Timo Verner APL klubi bilan shartnoma imzoladi
18 iyu 2020 14:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/575034_original.jpg)
![](/upload/storage/575034_220.jpg)
Rasman: Timo Verner APL klubi bilan shartnoma imzoladi
"RB Leypcig" hujumchisi Timo Verner "CHelsi"ga o'tdi.
Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
24 yoshli futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq, "CHelsi" germaniyalik futbolchi uchun 60 million evro miqdoridagi tovon puli to'lashi, futbolchining o'ziga esa bonuslardan tashqari 10 million evro miqdorida maosh berishi haqida xabarlar yangragan edi.
SHuningdek, transfer pulining 15% foizini "SHtutgart" oladi. Verner aynan 2016 yilda ushbu klubdan "Leypcig" safiga o'tgan edi.
Verner joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar