Rasman: Tiago Mendesh - "Lion" futbolchisi
03 iyu 2019 14:53
Yangiliklar


Rasman: Tiago Mendesh - "Lion" futbolchisi
"Lill"ning braziliyalik yarim himoyachisi Tiago Mendesh "Lion"ga o'tdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Bitim shartlari oshkor etilmayapti.
Transfer "Lion" uchun 25 million evroga tushgan. 27 yoshli futbolchi "Lill"da 2017 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi. Futbolchi "Goyas" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U bundan tashqari Braziliyaning "San-Paulu" klubida ham o'ynagan.
Mendesh yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar