

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiy iste'fosini e'lon qildi. Mamlakat futbol federatsiyasi bugun Shtefan Kuntc bilan uchrashuv o'tkazgan va o'zaro shartnomani bekor qilishga kelishib olgan.
Germaniyalik murabbiy Turkiya terma jamoasini 2021 yilning kuzidan beri boshqarib borardi.
Eslatib o'tamiz, Turkiya terma jamoasi 12 sentyabr kuni Yaponiyaga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shu tariqa, Yaponiya terma jamoasi ushbu FIFA kunlari davomida ikki murabbiyning "boshiga yetishdi". Avvalroq, Xans-Diter Flik ham aynan Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z ishidan ayrilgandi.



