Rasman: SHarof Muhitdinov O'zbekiston chempionatiga qaytdi
06 iyu 2023 19:23
Yangiliklar
Rasman: SHarof Muhitdinov O'zbekiston chempionatiga qaytdi
Joriy yilning fevral oyida Eronning "Sanat Naft" klubiga o'tgan o'zbekistonlik yarim himoyachi SHarof Muhitdinov "Neftchi" (Farg'ona) bilan shartnoma imzoladi.
"SHarof Muhitdinov 1997 yil 14 aprelda Jizzax viloyatida tug'ilgan. Yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan SHarof Muhiddinov "Nasaf" futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanish bo'lib ulgurgan. Qarshiliklar safida 77 uchrashuvda 23 gol urishga erishgan futbolchi Toshkentning "Paxtakor" hamda Eronning "Sanat Naft" jamoalarida ham faoliyat olib borgan. SHuningdek, futbolchi O'zbekiston terma jamoasining turli toifalarida to'p surgan. Hozirgi kunda milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi. SHarof Muhiddinov "Neftchi"ga erkin agent maqomida qo'shildi.
Jamoamizga xush kelibsiz SHarof!", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar