Rasman: "Sevilya" futbolchisi Qatar klubiga o'tdi
12 iyu 2019 10:55
Yangiliklar


Rasman: "Sevilya" futbolchisi Qatar klubiga o'tdi
"Sevilya" klubi rasmiy "Twitter" sahifasi himoyachi Gabriel Merkadoning jamoadan ketganini elon qildi.
32 yoshli argentinalik futbolchi Qatarning "Al-Rayyan" klubi futbolchisiga aylandi.
- Yangi sarguzashtlarda senga omad, Gabi, - deyiladi "qizil-oqlar" xabarida.
Merkado 2016 yil Argentinaning "River Pleyt" jamoasidan "Sevilya" tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar