Rasman. Santi Kasorla “Arsenal”ni tark etdi
22 may 2018 00:11
Yangiliklar


Rasman. Santi Kasorla “Arsenal”ni tark etdi
“Arsenal” rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Santi Kasorlaning London klubini tark etgani haqidagi xabar chop etildi.
“Kanonirlar” rahbariyati ispaniyalik futbolchi bilan shu yilning iyun oyida yakunlanadigan shartnomani uzaytirmaslikni lozim topgan. Kasorla jarohat sabab 2016 yilning oktyabr oyidan beri maydonga tushmayotgandi.
Malumotlarga ko'ra, 33 yoshli xavbekning “Vilyarreal”ga qaytishi mumkin ekan. Kasorla “Arsenal” 2012 yili ko'chib o'tgandi. U ushbu klub safida barcha turnirlarda jami 180ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta gol kiritgan. Santi “kanonirlar” bilan ikki bor Angliya Kubogi hamda Superkubogida zafar quchgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar