Rasman: Sanat Shixov AGMKni tark etdi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 14:53
Jamoamiz sharafini o'tgan mavsum himoya qilgan yarim himoyachi Sanat Shixov shartnomasi tugayotgani bois jamoamizni tark etdi.

Bu haqda futbolchi bugungi jamoaning yil yakuniga bag'ishlangan kichik yig'ilishida ma'lum qildi.

Yig'ilishda so'z olgan Sanat Shixov Mirjalol Qosimovga unga bildirgan ishonchi va birga yonma-yon o'ynagan futbolchilar hamda butun murabbiylar shtabidagi personallarga minnatdorchilik bildirdi. Shixov AGMKda uni iliq kutib olishgani va hamjihat bo'lgan ajoyib kollektivni unutmasligini ta'kidlab, yangi chorlovni qabul qilayotganini e'lon qildi hamda AGMK jamoasi bilan iliq xayrlashdi. Shu o'rinda AGMK jamoasi sharafini himoya qilgan Sanat Shixovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz!

Ma'lumot uchun: Shixov AGMK jamoasida jami 27 o'yin o'tkazdi va 2ta gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати