So’nggi yangiliklar

21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  0 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  1 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  3 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  18 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  3 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  4 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4 17:17САфарда. "Андижон"да нима гаплар? "Ультрас бургут"нинг режалари ва Сардор Азимов билан интервью  1 16:54Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Шорта" баҳсида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  10 16:25"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда  0

Rasman: Rubin Xebay Saudiya Arabistoniga yo'l oldi Yangiliklar

Rasman: Rubin Xebay Saudiya Arabistoniga yo'l oldi

"Andijon" jamoasining albaniyalik to'purari Rubin Xebay o'tgan mavsum davomida nimalarga qodirligini namoyish etdi va qisqa fursat ichida o'zidan iliq taassurot qoldira oldi.

"O'tgan vaqt mobaynida albaniyalik hujumchiga qiziqishlar bo'ldi. Ammo futbolchi "Andijon" bilan ikki yillik shartnoma imzolagani bois uning yana bir yili amalda edi. Xebayga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida Saudiya Arabistonining "Al Oruba" jamoasi ham bo'lib, mazkur klub jiddiy taklif bilan chiqdi. Natijada jamoamiz bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng "Andijon" Xebayni "Al Oruba" klubiga transfer qilishga rozilik bildirdi. Albatta, "Andijon" Rubinni sotish niyatida emasdi. Biroq Xebayning xohish va istagidan kelib chiqqan holda mazkur transfer amalga oshirildi", – deyiladi "Andijon" matbuot xizmati xabarida. 

Malumot uchun, "Al Oruba" Saudiya Arabistoni birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Rubin bugun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi va klubida tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin shartnoma imzolaydi.

Xebay o'tgan mavsumda andijonliklar tarkibida 27 o'yinda ishtirok etib, maydonda 2138 daqiqani o'tkazdi. Raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u "Andijon"ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Superligada esa to'purarlar orasida ikkinchi bo'ldi. Mavsum yakunlariga ko'ra, Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va yilning ramziy terma jamoasidan joy oldi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика