Rasman: Ronalduning besh o'yinlik diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi, apellyaciya rad etildi
16 avg 2017 20:47
Yangiliklar
Rasman: Ronalduning besh o'yinlik diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi, apellyaciya rad etildi
Ispaniya Qirollik futbol Federaciyasi apellyacion qo'mitasi Realning murojaatini rad qildi.
Madrid klubi Krishtianu Ronalduga berilgan 5ta o'yinlik diskvalifikaciyani kamaytirishga uringandi. Futbolchi Ispaniya Superkubogi uchun Barselonaga qarshi o'yinda (3:1) qizil kartochka olgach bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.
Apellyacion qo'mita beshta o'yinlik diskvalifikaciyani o'z kuchida qoldirdi. Ronaldu Barselonaga qarshi Superkubok javob bahsini o'tkazib yuboradi. SHuningdek u primeroning dastlabki to'rtta turida (Deportivo, Valensiya, Levante va Real Sosedad bilan o'yinlarda) jamoasiga yordam bera olmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar