Rasman: “Roma” “Barsa”dan ijaraga olgan futbolchini sotib oldi
26 fev 2020 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/547709_original.jpg)
![](/upload/storage/547709_220.jpg)
Rasman: “Roma” “Barsa”dan ijaraga olgan futbolchini sotib oldi
Karles Peres endi rimliklar safida harakat qiladi.
“Roma” kataloniyaliklar vingeri Karles Peresni qishda sotib olish huquqi bilan ijaraga olgandi. Ushbu kelishuv A Seriyadagi ilk ochko qo'lga kiritilgandan keyin faollashdi va “Lechche” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin rasmiy kuchga kirdi.
Futbolchining umumiy narxi esa 12 mln. evroga baholangan bo'lib, undan 1 mln ijaraga yana 11 millioni esa Peresning shartnomasini qayta sotib olishga sarflanadi.
21 yoshli ispaniyalik “Roma” safida ilk golini urishga (Evropa Ligasi, “Gent” 1:0) ham erishgan. SHuningdek, unga “Bavariya” hamda “Borussiya D” ham qiziqayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar