Rasman: "Real"ning yangi bosh murabbiyi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018, 20:49
Ispaniya terma jamoasi ustozi Xulen Lopetegi "Real" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

51 yoshli murabbiy JCH-2018dan so'ng Madrid klubida ish boshlaydi. U "Real" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. Lopetegi 2016 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin "Portu" va 2008/09 yilda "Real Madrid Kastilya"ni boshqargan.

Lopetegi 1988-1991 yillarda "Real" darvozaboni bo'lgan. 1994-1997 yillarda "Barselona"da o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com