So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 0:0 (Матнли трансляция)  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  1 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  7 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  2 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  8

Rasman: Pro liga formati o'zgaradi, oltin ochkolar bo'lmaydi, jamoalar O'zbekiston kubogi yo'lida raqobatlashadi Yangiliklar

Rasman: Pro liga formati o'zgaradi, oltin ochkolar bo'lmaydi, jamoalar O'zbekiston kubogi yo'lida raqobatlashadi

O'zPFL rejasiga ko'ra Pro liga klublari 2020 yilgi mavsumda 28 turdan iborat to'rt davra o'yinlarida ishtirok etishi kerak edi.

Pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus hamda jamoalarning moddiy holatidan kelib chiqib, musobaqa formati o'zgaradi. 

Pro liganing sakkkiz klubi avvaliga 14 turdan iborat uy-safar tizimida kuch sinashadi. Keyinchalik dastlabki to'rt o'rin egalari alohida va quyi to'rt o'rin egalari alohida yana ikki davra — jami 6 ta o'yinda ishtirok etadi. SHunda Pro liganing barcha klubi mavsum yakuniga qadar umumiy 20 ta tur uchrashuvida qatnashadi. Bunda jamoalar jamg'argan ochkolar saqlanib qoladi. 

Sir emaski, Pro liga g'olibi Coca-Cola Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Liganing ikkinchi jamoasi o'tish o'yinida Superliganing 13-klubini o'z uyida qabul qiladi.  

Mazkur liganing sakkiz klubi, shuningdek, O'zbekiston Coca-Cola kubogi yo'lida ham kurash olib borish imkoniyatiga ega. Ular kubokning saralash bosqichida qatnashadi. Saralash o'yinlari Pro liga uchrashuvlaridan avval bo'lib o'tadi. Qura sakkiz jamoani to'rt juftlikka ajratib beradi. Ikkinchi bosqichga yo'l olgan to'rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G'oliblar Coca-Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi. 

Saralashning har ikki bosqichida ham o'yinlar faqat bitta bo'ladi. Mezbon jamoa nomiga qura oydinlik kiritib beradi. Birinchi bosqichni o'z uyida (yoki safarda) o'tkazgan g'olib ikkinchi bosqichda safarga jo'naydi (yoki mezbon bo'ladi). G'olibning har ikkisi ham uyida o'ynagan bo'lsa (yoki safarda), birinchi bosqich qurasida birinchi bo'lib savatdan tortilgan jamoa o'z-o'zidan mezbonga aylanadi (yoki aksincha). Uchrashuvlarning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmasa, darhol penaltilar seriyasiga navbat beriladi. Bunga sabab, klublar ancha vaqt mashg'ulot o'tkazmagan, qolaversa, havo harorati ko'tarilishda davom etyapti. Coca-Cola O'zbekiston kubogining guruh bosqichidan keyingi chorak final, yarim final va final o'yinlarida esa 120 daqiqalik qoida amalda bo'ladi. 

Kubokning saralash uchrashuvlari sanasi hamda Pro liga o'yinlarining taqvimi tez orada rasman elon qilinadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика