Rasman: "Paxtakor" O'zbekiston terma jamoasi rekordchisi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
11 iyu 2017 12:03
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" O'zbekiston terma jamoasi rekordchisi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
Eldorbek Suyunov "Paxtakor" bilan matbuot anjumanida jurnalistlar qarshisida "sherlar" bilan bitimga imzo chekdi. Kelishuv 2,5 yilga mo'ljallangan.
"Paxtakor"ning yangi azosi Eldorbek Suyunov "sherlar" safida ham odatdagidek 25-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Suyunov avvalgi jamoasi "Nasaf"da ham 25-raqamda o'ynagandi. Bu raqamda "Paxtakor"da avval Odil Ahmedov harakat qilgan.
Eldorbek Suyunov terma jamoamiz safida eng uzoq "quruq" seriya o'tkazgan darvozabon sanaladi. Mirjalol Qosimov qo'l ostida Iroqqa qarshi o'yinda Suyunovning "quruq" seriyasi 475 daqiqadan o'tgandi va "Paxtakor"ning yangi kiperi o'shanda Pavel Bugaloning 14 yillik rekordini yangilandi.
Suyunov O'zbekiston terma jamoasi safida 11 o'yin o'tkazgan va o'z darvozasidan 4ta gol qo'yib yuborgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar