Rasman: "Osasuna" sardori faoliyatini Qatarda davom ettiradi
02 avg 2024 15:53
Yangiliklar
Rasman: "Osasuna" sardori faoliyatini Qatarda davom ettiradi
"Osasuna" himoyachisi David Garsiya "Al Rayyan"ga o'tdi.
Futbolchining transfer summasi 8,75 mln evroni tashkil qildi. Etiborlisi, summaning 750 mingini futbolchining o'zi to'lagan. Agar 3 yillik shartnomada ko'rsatilgan bonuslar kuchga kirsa, transfer summasi 10 mln evrogacha oshishi mumkin.
Garsiya "Osasuna" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Pamplona klubi safida u 305 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
30 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi va 5 marta ogohlantirish oldi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchini 10 mln evroga baholamoqda.
Malumot o'rnida, "Al Rayyan" ushbu mavsumdan etiboran Elit Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar