Rasman: Obi Mikel "Trabzonspor"ga o'tdi
01 iyu 2019 14:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/504338_original.jpg)
![](/upload/storage/504338_220.jpg)
Rasman: Obi Mikel "Trabzonspor"ga o'tdi
Yarim himoyachi Jon Obi Mikel erkin agent sifatida "Trabzonspor"ga o'tdi.
Bu haqda turk klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 32 yoshli nigeriyalik klub bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi.
Obi Mikelning so'nggi klubi "Midlsbro" bo'lgan edi. Futbolchi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Xavbek 2006 yildan 2017 yilgacha "CHelsi"da harakat qilgan. U londonliklar bilan birgalikda 2 karra Premer-liga chempionligi, 4 karra Angliya kubogi, shuningdek 2011/12 yilgi mavsum CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar