RASMAN: Obameyyang "Arsenal"ga o'tdi
31 jan 2018 16:17
Yangiliklar
RASMAN: Obameyyang "Arsenal"ga o'tdi
Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang faoliyatini "Arsenal"da davom ettiradi.
Dortmundning "Borussiya" klubi hamda "Arsenal" ushbu transfer borasida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda nemis klubi va "to'pchilar" rasmiy sayti.
London klubi "Borussiya"ga forvard uchun 63,75 mln. evro to'laydi. Bu transfer "Arsenal" tarixidagi rekord xarid hisoblanadi. SHartnoma muddati aniq ko'rsatilmagan, ammo "to'pchilar" rasmiy saytida bitim uzoq muddatli ekanligi aytilgan.
2013 yil "Sent-Eten"dan "Borussiya"ga o'tgan Obameyyang 5 yil ichida Dortmund klubi safida 213ta uchrashuvda maydonga tushib, 172ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar