Rasman: Nurillo To'xtasinov Malayziya klubiga o'tdi
09 iyu 2023 14:19
Yangiliklar
Rasman: Nurillo To'xtasinov Malayziya klubiga o'tdi
"Neftchi"ning birinchi davra mavsumida yorqin va hujumkor o'yinlari bilan muxlislar etiboriga tushgan va mehrini qozongan yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov keyingi faoliyatini Malayziyada davom ettiradigan bo'ldi.
"Uning "Neftchi" bilan yil oxirigacha tuzgan shartnomasi bilan bog'liq moliyaviy muammolarni Malayziya klubi o'z mablag'i hisobiga hal etishga rozilik bildirdi va yakunda futbolchi "Terengganu" futbol klubiga transfer qilindi.
"Neftchi" rahbariyati futbolchiga jamoani peshqadamlar safiga olib chiqishdagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, uning bundan buyongi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar