Rasman: "Neftchi" va "Surxon" Coca Cola Superligasida qoldi
07 noy 2022 18:34
Yangiliklar


Rasman: "Neftchi" va "Surxon" Coca Cola Superligasida qoldi
Farg'onaning "Neftchi" va Termizning "Surxon" klubi 2023 yilda ham Coca Cola Superligasida o'zlari uchun joy kafolatlab qo'yishdi.
Bunga "Qo'qon-1912"ning mag'lubiyati va "Lokomotiv"ning durangi sabab bo'ldi.
So'nggi turda Qo'qon va Toshkent klubidan biri "Dinamo"ga sherik bo'ladi va Pro ligaga tushib ketadi. 12-o'rin egasi esa Pro ligada 3-o'rinni egallagan klub bilan pley-off uchrashuvida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" oxirgi turni safarda "Dinamo"ga qarshi, "Lokomotiv" esa o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar