So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Rasman: "Navbahor"ni 3 nafar futbolchi tark etdi Yangiliklar

Rasman: "Navbahor"ni 3 nafar futbolchi tark etdi

Namanganning "Navbahor" jamoasini yana 3 nafar futbolchi tark etdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bu bosh murabbiy Andrey Antanasovich Kanchelskisning xohishi bo'lgan.

Ushbu o'yinchilarning barchasi yarim himoya chizig'ida to'p tepishadi. Bular: Aziz Ibragimov, SHahzod SHaymanov va Ayubxon No'monov.

O'tgan mavsumda 34 yoshli tajribali futbolchi Aziz Ibragimov 16ta o'yinda maydonga tushib, 524 daqiqa to'p tepib, 2ta gol urgan bo'lsa, 27 yoshli SHahzod SHaymanov 19ta bahsda maydonga tushib, 1028 daqiqa harakatlangan hamda 2ta gol muallifiga aylangandi.

Namanganliklar tarkibiga o'tgan mavsumning 2-davrasida qo'shilgan 28 yoshli Ayubxon No'monov esa 3ta o'yinda maydonga tushib, 86 daqiqa to'p tepgandi.

Mazkur yarim himoyachilar va xabar berilganidek, kecha "lochinlar" safini tark etgan tajribali himoyachi Jahongir Mehmonovga jamoa ustozi Andrey Antanasovich yangi mavsumda ehtiyoji yo'q ekanligini bildirdi. SHu bois, ushbu futbolchilar "Navbahor"ni tark etishdi.


Rasmiy xabar: Mehmonov “Navbahor”ni tark etdi

"Navbahor" klubi mazkur o'yinchilarga jamoadagi faoliyatlari uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaydi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика