So’nggi yangiliklar

12:34Шомуродов яна тўпурарлар жадвалида биринчи ўринга қайтадими? Бугун Туркияда Истанбул дербиси бўлиб ўтади, унда ҳамюртларимиз иштирок этади  5 12:27"Манчестер Сити" Игор Тиагони ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:54"Бавария" Виктор Осимхенни сотиб олиши мумкин  0 11:25Ўзбекистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси "Андижон"га ўтмоқда  7 11:22Жозе Моуринью Португалия терма жамоасини бошқаради  2 10:50Ёрқин Назаровга янги мавсумда беларуслик мураббий кўмаклашади  0 10:05Арне Слот: "VAR фақат аниқ ҳолатларда ишлаши керак"  1 09:50Владимир Бубаня: "Андижон" билан кечган сценарийни яна такрорлашни истайман"   0 09:07Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов кеча неча баҳо олди?  3 08:41Францис Нарх, "Андижон" ҳимоячиси ва бразилиялик футболчи Самарқанд клуби йиғинида қатнашмоқда   0 08:12"Андижон" ва "Бухоро" собиқ футболчиси "Металлург" мураббийлар штабига қўшилди   0 07:33Жоржо Кьеллини: "VAR тизими ўзгариши шарт, бундай хатоларни қабул қилиб бўлмайди"  2 06:57Назорат учрашуви. "Металлург" - "Каттақўрғон" муроса кўчасини танлади  0 02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  36 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2

Rasman: "Navbahor" Hasanov va Dukich istefosini elon qildi Yangiliklar

Rasman: "Navbahor" Hasanov va Dukich istefosini elon qildi

Kecha tunda Namanganning "Navbahor" klubiga Viktor Jalilov bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Breaking: Superligada ilk istefo "Navbahor"da kuzatildi

Ammo, xabarda No'mon Hasanov haqida hech qanday gap ketmagandi. Nihoyat, "lochinlar" matbuot xizmati bu haqda rasmiy xabar berdi.

Unga ko'ra, No'mon Hasanov “Navbahor” bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi. Hasanov jamoada o'tgan yilning avgustidan yordamchi murabbiy sifatida ish boshlab, Andrey Kanchelskis istefoga chiqarilganidan so'ng, Superliganing 19-turidan bosh murabbiy lavozimida ish boshlagandi.

No'mon Hasanovning qo'l ostida jamoa Coca Cola Superliga bahslarida 10ta o'yin o'tkazib (2020 yilning 14-turidan o'rin olgan “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda ham jamoani maydonga Hasanov olib tushgandi), 3ta uchrashuvda g'alaba qozonib, 4ta o'yinda durangga erishdi va 3ta bahsda imkoniyatni boy berdi. To'plar nisbati - 8:9. SHuningdek, O'zbekiston kubogi bahslarida No'mon Hasanov boshchiligida “Navbahor” 2ta o'yin o'tkazib, 1ta g'alaba hamda 1ta mag'lubiyatni qayd etgan holda, chorak finaldan so'ng musobaqani tark etgandi.


SHuningdek, No'mon Hasanov bilan birgalikda jamoa murabbiylar shtabidagi serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham istefoga chiqarildi.


"Biz No'mon Hasanov va Drajen Dukichga “Navbahor”dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика