Rasman: "Nasaf"ni tark etgan Stanoevich "Dinamo"ga o'tdi
28 dek 2024 11:11
Yangiliklar


Rasman: "Nasaf"ni tark etgan Stanoevich "Dinamo"ga o'tdi
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
O'tgan yillar davomida "Nasaf" klubidagi o'yinlari orqali muxlislarga tanilgan Marko Stanoevich "Dinamo" jamoasi azosiga aylandi. Serbiyalik tajribali yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qo'shildi. Marko "Dinamo"ning yanvar oyi boshida Toshkentda o'tkaziladigan yig'iniga kelib qo'shiladi.
Stanoevich Superliga 2024 yilgi mavsumida 24 o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan va yakunda O'zbekiston chempioni bo'ldi. Marko OCHL joriy mavsumida ham 6 o'yinda to'p tepdi. U Superligada jami 111 o'yinda 15ta golga mualliflik qilgan. OCHLda ham jami 5ta gol kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Биз Самаркандликлар 1чи Лигада иштирок этганда хам. Биз Самаркандлик Футбол Мухлислари Супер лигада уйнаган ён кушнимиз Насаф жамоасига Мухлислик килганмиз. 2025 йил хам Самарканд ва Кашкадарё жамоаларига Омад тилаймиз.
Фурсатдан фойдаланиб Кашкадарё Насаф Футбол Мухлислариини Чемпионлик Билан Табриклаймиз.