Rasman: Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi
03 may 2022 17:17
Yangiliklar


Rasman: Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi
Tomas Myuller "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirdi.
32 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Myuller myunxenliklar akademiyasiga 10 yoshida kelgan. U 2007 yildan beri "Bavariya"ning asosiy jamoasida o'ynaydi va shu paytga qadar 624ta bahsda maydonga tushdi.
Nemis futbolchisi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 17ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar