Rasman: Mussa Diabi – "Al Ittihod" futbolchisi
25 iyu 2024 11:49
Yangiliklar
Rasman: Mussa Diabi – "Al Ittihod" futbolchisi
Francuz Angliyadagi bir mavsumidan so'ng Yaqin SHarqqa ko'chib o'tdi.
25 yoshli Mussa Diabi bilan bog'liq transfer dostoni nihoyasiga etdi. Transfermarkt xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi "Aston Villa"dan Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga 60 mln evro evaziga o'tgan. Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.
"Villanlar, hammasi uchun rahmat. Xayrlashish vaqti keldi. Men har doim klubga va jamoaga yordam berish uchun qo'limdan kelganini qildim. Xotiramda qoladigan ajoyib lahzalar kuzatildi. Biz quvonch va baxtga to'la fantastik mavsum o'tkazdik", – dedi Diabi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, franciyalik vinger o'tgan mavsum 54 o'yinda 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar