

25 yoshli Mussa Diabi bilan bog'liq transfer dostoni nihoyasiga etdi. Transfermarkt xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Aston Villa"dan Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga 60 mln evro evaziga o'tgan. Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.
"Villanlar, hammasi uchun rahmat. Xayrlashish vaqti keldi. Men har doim klubga va jamoaga yordam berish uchun qo'limdan kelganini qildim. Xotiramda qoladigan ajoyib lahzalar kuzatildi. Biz quvonch va baxtga to'la fantastik mavsum o'tkazdik", – dedi Diabi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, fransiyalik vinger o'tgan mavsum 54 o'yinda 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



