Rasman: Morata – "Milan" futbolchisi!
19 iyu 2024 16:36
Yangiliklar
Rasman: Morata – "Milan" futbolchisi!
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata "Atletiko"dan "Milan"ga o'tdi. Bu haqda Italiya jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
31 yoshli forvard "rossoneri" bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar mehnat shartnomasi imzoladi.

Morata 2020 yildan buyon Madridning "Atletiko" klubida o'ynab kelayotgandi. Bu vaqt ichida u 154 ta o'yinda qatnashib, 58 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Morataning xaridi Milan klubiga 13 million evroga tushgan.
Malumot o'rnida, Italiya chempionatining yangi mavsumi 17 avgust kuni start oladi. SHu kuni "Milan" "Torino"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar