Rasman: "Milan" futbolchisi klubdan ketdi
25 iyu 2019 18:01
Yangiliklar


Rasman: "Milan" futbolchisi klubdan ketdi
"Milan" himoyachisi Kristian Sapata Italiya klubi bilan xayrlashdi.
Futbolchining Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda o'z yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.
"Men klubdagilarga meni dunyoning eng obro'li klublaridan birida o'ynash imkoniyatini yaratib berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamma-hammaga rahmat.
Jamoadagi do'stlarimga alohida rahmat aytaman. Menda qiyin paytlar bo'ldi, ammo ular menga oldinga olg'a qadam tashlashimga yordam berishdi. Hayotimdagi bu davrlarni umuman unutmayman", - deb yozgan o'yinchi o'zining "Instagram" sahifasiga.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar