Rasman: “Metallurg” bosniya va gercegovinalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi
29 iyu 2022 16:41
Yangiliklar
Rasman: “Metallurg” bosniya va gercegovinalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi
"Bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibini yana bir iqtidorli o'yinchi bilan to'ldirdi. Klub 25 yoshli Bosniya va Gercegovinalik yarim himoyachi Kerim Palich bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Kerim Palich Saraevo shahrida tavallud topgan. Professional futbolchilik faoliyatini “Jeleznichar” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Bosna Yunion”, “Inter” (Bratislava), “Krupa”, “Saraevo” jamoalarida to'p surdi. Bosniya va Gercegovina terma jamoalariga jalb etilgan. O'smirlar, U-19 terma jamoalari tarkibida xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan. Faoliyati davomida 120 ta uchrashuvda to'p surgan. 6 ta to'p kiritgan.
Bosniya va Gercegovina milliy chempionati – Premer ligasida 46 uchrashuvda mvydonga chiqib (“Krupa”da 28 ta, “Saraevo”da 18 ta o'yin), 1 ta gol kiritgan. 15 marta ogohlantirilgan.
Kerim Palich (Bosniya va Gercegovina)
25 yoshda. 1997 yilning 24 yanvar sanasida tavallud topgan.
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2014 – 2015 yillar – “Jeleznichar”
2016 yil – “Bosna Yunion”
2017 yil – “Inter” (Bratislava, Slovakiya)
2018 – 2020 yillar – “Krupa” FK
2021 – 2022 yillar – “Saraevo” FK
“Metallurg” PFKning ahil oilasiga xush kelibsan, Kerim!!!", — deyiladi "Metallurg" xabarida.
Fikrlar