Rasman: Maxaradze "Lokomotiv"ga qaytdi
28 dek 2019 15:30
Yangiliklar


Rasman: Maxaradze "Lokomotiv"ga qaytdi
"Lokomotiv"ga "eski tanishlar" qaytishi davom etadi...
Malumki, Maxaradze 2009 yil O'zbekiston chempionatidagi ilk mavsumini aynan "temiryo'lchilar" safida boshlagandi. Kaxi o'sha yil "Loko" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. U 2010 yilni ham "Lokomotiv"da o'tkazib shundan so'ng "Paxtakor"ga yo'l oldi.
Oradan besh yil o'tib "Loko"ga qaytgan Maxaradze 2016/2017/2018-yillari jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Tayanch yarim himoyasida to'p tepgan futbolchi uch yilda 100dan ortiq uchrashuvda ishtirok etib, "Lokomotiv"ning ketma-ket uch mavsum chempion bo'lishida munosib hissa qo'shdi.
Bu yil "So'g'diiyona"da faoliyat olib borgan Maxaradze Superliganing barcha 26 turida harakat qilgan jizzaxliklarning yagona futbolchisi bo'ldi. CHempionat yakuniga etgach u erkin agent sifatida yana "Lokomotiv" qaytdi va "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar