Rasman: Marko Asensio – PSJ futbolchisi! Yangiliklar

Rasman: Marko Asensio – PSJ futbolchisi!

Ispaniyalik futbolchi Marko Asensio PSJ azosiga aylandi.

Erkin agent sifatida "Real"ni tark etgan yarim himoyachi Parij klubi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Avvalroq jurnalist Fabris Xokins futbolchi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganini malum qilgandi.

27 yoshli Asensio o'tgan mavsum La Ligada 31 ta o'yinda 9 ta gol urgan edi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика