Rasman: "Manchester Yunayted" Reshford bilan shartnomani uzaytirdi
18 iyu 2023 21:50
Yangiliklar


Rasman: "Manchester Yunayted" Reshford bilan shartnomani uzaytirdi
"Manchester Yunayted" va Markus Reshfordning o'zaro hamkorligi yana davom etadi.
Yangilangan shartnoma yana 5 yil amal qiladi va 2028 yil yoziga qadar davom etadi.
Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yilda asosiy jamoa tarkibida debyut qilgan va shundan buyon u 359 o'yinda 123 gol urgan.
O'tgan mavsumda Markus APLning 35 o'yinida qatnashib, 17 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar