Rasman: "Liverpul" navbatdagi transferni elon qildi
28 iyu 2019 13:36
Yangiliklar


Rasman: "Liverpul" navbatdagi transferni elon qildi
"Fulxem" hujumchisi Xarvi Elliot "Liverpul"ga o'tdi.
Angliya yoshlar termasi futbolchisi Edinburgda "Napoli"ga qarshi o'yindan oldingi kun jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishadi va keyinchalik Eviandagi yig'inlarda qatnashadi.
Aprel oyida u 17 yoshga to'ladi va o'shanda u jamoa bilan 3 yildan ortiq bo'lmagan professional shartnoma imzolashi mumkin. Uning xizmatlariga APLning bir qancha jamoalari hamda "Real", PSJ va "RB Leypcig" kabi jamoalar davogarlik qilgandi.
Elliot - APL tarixidagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. May oyida 16 yosh 30 kunligida ilk bor debyut qilgandi.
O’xshash yangiliklar
14:18
Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi 1

Fikrlar