Rasman: "Liverpul" hamda "Chelsi" o'rtasidagi UEFA superkubogi o'yinini ayol hakam boshqaradi

Alisher
2 avg 2019, 15:39
"Liverpul" hamda "Chelsi" o'rtasidagi UEFA Superkubogi o'yinida ishlaydigan hakamlar e'lon qilindi.

Unga ko'ra Superkubok o'yinini Stefani Frappar boshqarib boradi. Hakam UEFAning erkaklar o'rtasida o'yinlarida ishlaydigan birinchi ayol hakamga aylanadi. Unga qanotlarda Manuela Nikolozi va Mishel O'Nillar yordam beradi.

Frappar Fransiya chempionati "Amen" hamda "Strasburg" o'rtasida o'yinda ishlash orqali Liga 1da ishlagan birinchi ayol hakamga aylangan edi.

Fransiyalik referee Liga 1'dagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan.

Eslatib o'tamiz, UEFA Superkubogi uchun bo'ladigan o'yin 14 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews