Rasman: Krkich Inestaning jamoadoshiga aylandi
09 avg 2021 13:10
Yangiliklar


Rasman: Krkich Inestaning jamoadoshiga aylandi
"Barselona" sobiq hujumchisi Boyan Krkich faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining yangi ish joyi "Vissel Kobe" klubidir. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Transfer tafsilotlari oshkor etilmayapti.
"Men uzoq vaqtdan beri yapon futboliga etiborimni qaratganman. Meni ushbu mamlakat o'ziga jalb qiladi. Inestaning jamoadoshiga aylanganimdan juda ham mamnunman. Uning uzatmalaridan imkon qadar ko'p gol urishga umid qilaman", - deydi hujumchi.
Krkich Yaponiyaga qadar MLSning "Monreal Impakt" klubida harakat qilayotgandi. Futbolchi o'tgan mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar