Rasman: "Kalyari" Nainggolanning qaytganini elon qildi
31 dek 2020 15:55
Yangiliklar


Rasman: "Kalyari" Nainggolanning qaytganini elon qildi
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan "Kalyari"ga qaytdi.
Tomonlar 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan bitim tuzishdi, bu haqda Sardiniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
32 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi. Belgiyalik futbolchining milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
"Kalyari" A Seriyada 14 turdan so'ng 14 ochko jamg'argan holda, jadvalda 15-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar