Rasman: Joze Mourino - "Roma" bosh murabbiyi!
04 may 2021 18:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635235_original.jpg)
![](/upload/storage/635235_220.jpg)
Rasman: Joze Mourino - "Roma" bosh murabbiyi!
O'tgan oyda "Tottenxem"dan istefoga chiqqan Joze Mourino ko'p vaqt ishsiz yurmaydigan bo'ldi.
Portugaliyalik mutaxassis 2021/22 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin "Roma" boshqaruvini o'z qo'liga oladi. Klub matbuot xizmati bu haqida rasmiy malumot taqdim qildi.
Unga ko'ra, Rim klubi Mourino bilan 2024 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
"Roma" kabi buyuk klubning bir qismi bo'lishimda yordam bergan Rayan Fridkinga o'z minnatdorligimni bildiraman. Olg'a, "Roma"!", - dedi Mourino.
Bugun klub ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Paulo Fonseka bilan shartnomaning uzaytirilmasligini malum qilgandi.
Qayd etish kerak, bugungi kunga qadar ham "Roma" boshqaruvida Mauricio Sarrini ko'rishimiz mumkinligi Italiya matbuoti tomonidan ko'p bora aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar