Rasman: JCHning yangi formati tasdiqlandi!
14 mar 2023 21:28
Yangiliklar


Rasman: JCHning yangi formati tasdiqlandi!
FIFA maslahat kengashi JCH-2026ning yangi formatini tasdiqladi.
Ruanda poytaxti Kigali shahrida FIFAning kongressi bo'lib o'tdi va unda JCH-2026ning yangi format tasdiqlandi. Unga ko'ra, JCH tarixida ilk marta 48 terma ishtirok etadi.
Avvaliga 48 termani 3tadan 16 guruhga ajratish varianti aytilgandi. Biroq FIFA bu g'oyadan voz kechdi va 4 termadan iborat 12 guruh bo'lishini malum qildi.
Unga ko'ra, guruhdagi eng yaxshi ikki jamoa pley-offga yo'llanma oladi va 3-o'rinni olgan eng yaxshi 8 terma ham 1/16 finalga chiqadi. Umumiy hisoblaganda JCHda 39 kun ichida 104 o'yin o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar