Rasman: Jasur Jaloliddinov - "Lokomotiv" futbolchisi! +VIDEO
24 iyu 2021 21:35
Yangiliklar
Rasman: Jasur Jaloliddinov - "Lokomotiv" futbolchisi! +VIDEO
"Lokomotiv" 4 iyul kuni "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan Jasur Jaloliddinov bilan kelishuvga erishganligini malum qilgandi.
Bugun 19 yoshli futbolchi "Loko" bilan rasman shartnoma imzoladi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, u mavsumning ikkinchi yarmini 19-raqamli libosda o'tkazadi.
"Lokomotiv"ga o'tganimdan xursandman. O'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yganman. G'alabalar sari olg'a!", - dedi Jasur Jaloliddinov.
Jasur birinchi davrani "Andijon" tarkibida o'tkazganini yaxshi bilasiz.
Fikrlar