Rasman: Iskanderovdan so'ng yana bir futbolchimiz K-League'ga yo'l oldi
21 jan 2020 11:42
Yangiliklar


Rasman: Iskanderovdan so'ng yana bir futbolchimiz K-League'ga yo'l oldi
"Renofa Yamaguchi" himoyachisi Doston Tursunov "Pusan I'Park" klubiga o'tdi.
Bu haqda yapon klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Pusan I'Park" o'tgan mavsum K2 ligada ikkinchi o'rinni egallagan. Pley-off o'yinida "Kyonnam"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra yutgan holda yuqori divizionga yo'llanma olgan.
Tursunov Yaponiyaning J2 ligasida 2019 yilda 17ta o'yinda maydonga tushdi, O'zbekiston terma jamoasida esa 4ta o'yinda, 1ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, bundan biroz avval "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi Jamshid Iskanderov "Seongnam" o'yinchisiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar