Rasman: Iguain "CHelsi" futbolchisi FOTO
24 jan 2019 02:44
Yangiliklar


Rasman: Iguain "CHelsi" futbolchisi FOTO
"Milan"da ijara asosida to'p tepib kelgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain "CHelsi"ga o'tdi.
Londonliklar rasmiy sayti bu haqda xabar berdi. Gap mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan ijara haqida ketmoqda.
"CHelsi" keyinchalik ijara muddatini 18 mln evro evaziga 2020 yilning yoziga qadar uzaytirishi yoki forvardni 36 millionga sotib olishi mumkin. Argentinalik "ko'klar" safida 9-raqamda to'p tepadi.
Iguain "aristokratlar"ning hozirgi bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan yaxshi tanish. Ular oldinroq "Napoli"da birga ishlashgan.
Eslatib o'tamiz, Gonsalo joriy mavsum "Milan" uchun barcha musobaqalarda 22ta o'yin o'tkazdi va 8ta gol urib, 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar