Rasman: Hojiakbar Alijonov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
24 dek 2024 13:01
Yangiliklar
Rasman: Hojiakbar Alijonov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
O'zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli o'ng qanot himoyachilaridan biri Hojiakbar Alijonov keyingi ikki mavsumda ham "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Alijonov yangidan quriladigan "sherlar"ning muhim ijrochisi hisoblanadi va futbolchi bilan bo'lib o'tgan muzokaralar ijobiy yakuniga etgan.
SHartnomaning uzaytirilishi haqida himoyachining o'zi shunday dedi:
"Paxtakor" bilan men 5 marta O'zbekiston chempioni bo'ldim. Keyingi yillarda ham jamoa meni o'z safida ko'rishni istagani quvontirdi. Yangi murabbiy bilan, nafaqat "Paxtakor", balki O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham foyda keltiradigan holatda mavsumni o'tkazaman deb o'ylayman. Oldimizda CHempionlar Ligasining ikkita o'yini bor va bizda hali guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolingan. Endi bor etiborni fevral oyida bo'lib o'tadigan ikkita muhim bahsga qaratamiz. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat, men Sizlar bilan!".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar