Rasman: Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi
16 iyu 2022 19:36
Yangiliklar
Rasman: Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi
Yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Oldingi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar tuzilgandi.
Gnabri "Bavariya"da 2018 yildan beri to'p tepib kelmoqda. 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 45 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
"Keyingi bir necha yil ichida futbolchi sifatida nima istashim haqida ko'p o'yladim va shunday xulosaga keldim: "Bavariya"da qolishni, bu erda yana hammasini yutib olishni, CHempionlar Ligasi g'olibligini yana bir bor nishonlashni istayman, lekin bu safar jamoamiz muxlislari bilan. Bu erda men do'stlarim bilan eng yuqori darajada o'ynay olaman. Boshqa klubda men bunday holatni boshdan kechirmagan bo'lardim. Hayratlanarli daqiqalarni boshqa joyda emas, balki shu erda qayta boshdan kechirishni xohlayman. Katta unvonlarga bo'lgan ochlik yo'qolmaydi", – dedi Gnabri.
Fikrlar