Rasman: "Estudiantes" Maskeranoni tanishtirdi
09 dek 2019 10:44
Yangiliklar
Rasman: "Estudiantes" Maskeranoni tanishtirdi
Xaver Maskerano rasman Argentinaning "Estudiantes" klubi futbolchisi sifatida tanishtirildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
35 yoshli futbolchi bunga qadar Xitoyning "Xebey CHayna Forchun" klubida o'ynadi (25ta o'yin, 9ta assist).
Maskerano faoliyatini "River Pleyt"da boshlagan (2005 yilga qadar), ammo eng katta yutuqlarga "Barselona"da erishdi. U "ko'k-anorranglilar" bilan 5 karra Ispaniya chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Estudiantes" Argentina chempionatida 15 o'yindan so'ng 23 ochko jamg'argan holda jadvalda 11-o'rinda bormoqda.
Fikrlar