So’nggi yangiliklar

17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  4 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Rasman: Dinamo jarima to'laydigan bo'ldi Yangiliklar

Rasman: Dinamo jarima to'laydigan bo'ldi

O'tgan yilning dekabr oyida Akbar Ismatullaev bilan shartnoma imzolagan Dinamo oradan ikki oy o'tib o'z tanloviga zid ish tutdi va futbolchini musobaqa uchun ro'yxatga kiritmagan.

«Mazkur holat transfer oynasi yopiladigan kunda amalga oshdi. Oqibatda futbolchi kamida yarim mavsum o'yin amaliyotisiz qolishi mumkin edi. O'zbekiston futbolchilari uyushmasi Ismatullaevni himoya qilib, mazkur holatni tegishli qo'mitada ko'rib chiqish masalasida Associaciyadan yordam so'radi. 

Mazkur hafta ish Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitada ko'rib chiqildi. «Dinamo» yuristi va vakillari mazkur masalani har qancha izohlashga urinsa ham, futbolchi o'z huquqini himoya qilgan holda yozgan arizasiga o'z vaqtida javob qaytarilmagani masalasiga izoh topa olmadi. Bu esa tabiiyki, klub rahbariyatining aybi hisoblanadi. 

Buni his qilgan «Dinamo» qo'mita yig'ilishiga qadar Akbar Ismatullaev bilan muzokaraga kirishdi va unga yanvar, fevral va mart oylari uchun ish haqi, qo'shimchasiga, yana ikki oylik qo'shimcha ish haqi to'lab berish yuzasidan kelishuvga erishdi. Mazkur holatni inobatga olgan qo'mita «Dinamo» klubiga nisbatan engillashtiruvchi jazo sifatida jarima intizom chorasini qo'lladi. Klub kelgusida mehnat shartnomalari va reglamentlarga qatiy rioya qilishi shartligi to'g'risida ogohlantirildi. Dekabrda mehnat shartnomasi imzolab, uni fevral oyida bekor qilish klubda selekciya va rejalashtirish kabi masalalarda muammolar borligini ko'rsatdi», - deyiladi PFL xabarida. 

O'z navbatida Akbar Ismatullaevni «Bunyodkor» klubi safida ro'yxatdan o'tkazish masalasi futbolchining xohishiga ko'ra kun tartibidan chiqarilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика