Rasman: Dik Advokat "Feyenoord"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
31 okt 2019 13:20
Yangiliklar


Rasman: Dik Advokat "Feyenoord"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
72 yoshli mutaxassis Dik Advokat Rotterdamning "Feyenoord" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Advokat mavsumning muvaffaqiyatsiz startidan so'ng istefoga chiqqan Yap Stamningning o'rniga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Rotterdam klubi hozirda Gollandiya chempionatining 11 turidan so'ng 14 ochko jamg'argan holda 12-o'rinda bormoqda.
Advokat PSV, "Borussiya M", "Zenit", "Sanderlend" va "Fenerbaxche" klublarida o'ynagan.
Bundan tashqari Gollandiya, BAA, Janubiy Koreya va Rossiya terma jamoalarini boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar