Rasman: Diego Kosta "Atletiko"ni tark etdi
29 dek 2020 18:00
Yangiliklar


Rasman: Diego Kosta "Atletiko"ni tark etdi
"Atletiko" rasmiy sayti forvard Diego Kosta bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganini elon qildi.
O'yinchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan edi. "Atletiko" esa yangi bitim imzolamadi. Futbolchining o'zi esa shaxsiy sabablarga ko'ra rahbariyatdan bitimni bekor qilishni so'radi.
Kosta "Atletiko"da jami 215ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 83ta gol va 36ta assist qayd etdi.
32 yoshli hujumchi Madrid klubi bilan Ispaniya chempioni, Qirol Kubogi, Evropa Ligasi va 3 bor UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.
Xabarlarga ko'ra, "matraschilar" unga o'rinbosar sifatida "Napoli" forvardi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar