So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  18 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3

Rasman: Derdiyok erkin agent sifatida “Paxtakor” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasman: Derdiyok erkin agent sifatida “Paxtakor” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

SHveycariyalik hujumchi “sherlar”ning yangi futbolchisiga aylandi.

Bu haqda klubning Telegramdagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

SHveycariya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo'lgan tajribali hujumchi Eren Derdiyok "Paxtakor"ning navbatdagi transferiga aylandi. Futbolchi jamoa bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Derdiyok faoliyatini SHveycariyaning "Old Boyz" jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o'yinlari bilan o'sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub "Bazel" etiborini jalb qilgan. SHundan so'ng Germaniya bundesligasida "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, "Qosimposho", "Galatasaroy" va "Go'ztepe" jamoalarida to'p tepdi. "Bazel" va "Galatasaroy" tarkibida SHveycariya va Turkiya chempioniga aylangan. Milliy terma jamoasi safida esa ko'plab muvaffaqiyatli o'yinlarda maydonga tushib, Evropa va jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etib, muxlislar qalbidan joy olgan.


"SHerlar" safiga xush kelibsan, Eren!


Eren DERDIYOK

Tug'ilgan sanasi: 12.06.1988

Tug'ilgan joyi: Bazel, SHveycariya

Bo'yi: 191 sm

Ampluasi: hujumchi

Faoliyati

20042006  Old Boyz   18 o'yin, 10 gol

20062009  Bazel   63 o'yin, 17 gol

20092012  Bayer    90 o'yin, 25 gol

20122014  Xoffenxaym19 o'yin, 1 gol

20132014  Bayer   18 o'yin, 1 gol

20142016  Qosimposho   40 o'yin, 15 gol

20162019  Galatasaroy   63 o'yin, 20 gol

2019  Go'ztepe  5 o'yin

SHveycariya terma jamoasida 60 uchrashuvda 11 gol urgan.


Yutuqlari: SHveycariya chempioni-2008, SHveycariya Kubogi sohibi-2008, Turkiya chempioni-2018, Turkiya Superkubogi sohibi-2016.

SHveycariyaning eng yaxshi yosh futbolchisi-2008.




Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика