Rasman: "Chelsi" hujumchisi shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2018, 12:25
"Chelsi" hujumchisi Pedro Rodriges klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqida "aristokratlar" rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, eski bitimi 2019 yilda yakunlanadigan ispaniyalik 2020 yilgacha belgilangan shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o'tamiz, Pedro Rodriges 2015 yilda "Barselona"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Futbolchi hozirgacha "ko'klar" safida 131ta o'yin o'tkazib, 28ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com