Rasman: "CHangchun Yatay" Samvel Babayanni bosh murabbiy sifatida elon qildi
02 dek 2019 12:47
Yangiliklar
Rasman: "CHangchun Yatay" Samvel Babayanni bosh murabbiy sifatida elon qildi
Xabarning o'zbekcha tarjimasi quyidagicha:
"Klubning rivojlanish ehtiyojlari tufayli janob Samvel Babayan "CHangchun Yatay" bosh murabbiyi sifatida ishga olindi va yangi bosh murabbiylar guruhi 2020 yilgi Xitoy Ligasida qatnashish uchun shakllantiriladi.
Babayan 1971 yilda tug'ilgan va murabbiylik faoliyatini 1996 yilda boshlagan. U 2014 yilda Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi va O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Ketma-ket 2 yil davomida (2014, 2015) "O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. 2015 yilning iyun va noyabr oylarida O'zbekiston milliy terma jamoasi va Olimpiya terma jamoalarida ish boshladi. Jamoalarni London Olimpiyadasi saralashi va Rossiyada bo'lib o'tgan JCH saralashigacha olib borgan. 2019 yilda esa Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Babayan bu safar "CHangchun Yatay" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi va uning murabbiylar shtabi Grigoriy Kolosovskiy, Deyan Jurjevich, Aleksandr Galich va Anton Mayeranovlardan tashkil topadi. "CHangchun Yatay" tez orada ular bilan ajoyib natijalarga erishishga umid qilmoqda", - deyiladi "CHangchun Yatay" rasmiy xabarida.
Eslatib o'tamiz, bu klub yakunlangan mavsum Xitoyning mavqei jihatdan ikkinchi o'rinda turuvchi chempionati (1-liga)da ishtirok etgan va yakunda 5-o'rinni egallagan. Babayanga "CHangchung Yatay"ni Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar