Rasman: Bu mavsum Ispaniya Superkubogi bitta o'yinda hal bo'ladi
09 iyu 2018 17:45
Yangiliklar
Rasman: Bu mavsum Ispaniya Superkubogi bitta o'yinda hal bo'ladi
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi yangi mavsum (2018/19) oldidan o'tkaziladigan mamlakat Superkubogi borasida rasmiy qaror elon qildi.
"Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi sovrin uchun bahs 12 avgust kuni o'tkaziladi.
Odatda mamlakat Superkubogi g'olibi ikkita o'yinda (uyda va mehmonda) hal bo'ladi. Biroq taqvim juda tig'izligi tufayli ikki jamoa ham uyda va mehmonda o'yin o'tkazish qiyin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" so'nggi mavsumda Ispaniya chempionati va mamlakat Kubogi g'olibiga aylandi. Reglamentga ko'ra, agar bir jamoa chempionat va kubokda g'olib chiqsa, Ispaniya Kubogi finalchisi Superkubokning ikkinchi ishtirokchisiga aylanadi. Kataloniya klubi kubok finalida "Sevilya"ni mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar